Maktablar soni soʻnggi 5 yilda 748 taga koʻpaygan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasalari soni 10 522 tani tashkil etgan.
Umumtaʼlim muassasalari soni soʻnggi 5 yilda 748 taga oshgan.
Yillar kesimida umumtaʼlim muassasalari soni:
2018/2019 oʻquv yili boshiga – 9774 ta
2019/2020 oʻquv yili boshiga – 10090 ta
2020/2021 oʻquv yili boshiga – 10181 ta
2021/2022 oʻquv yili boshiga – 10289 ta
2022/2023 oʻquv yili boshiga – 10522 ta
Umumtaʼlim muassasalari soni 1991/1992 oʻquv yili boshiga nisbatan 1965 taga oshgan.