13/01/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning

1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan.

 

Mamlakatimiz aholisi 2022-yilda 753,6 ming kishiga koʻpaygan.

Oʻzbekiston aholisi 2022-yilning har bir oyida oʻrtacha 62,8 ming kishiga oshgan.

2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 2,1 ming kishiga koʻpaymoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholi soni boʻyicha MDHda uchinchi oʻrinda.

Oʻzbekiston tugʻilish boʻyicha MDHda birinchi oʻrinda.