Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 16 ta davlatga qiymati 33,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 135,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 53,8 ming tonnaga koʻpaygan.
Oʻzbekiston 2022-yilning 11 oyida eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar:
Qozogʻiston – 58,2 ming tonna
Rossiya – 28,1 ming tonna
Qirgʻiz R. – 27,2 ming tonna
Tojikiston – 14,5 ming tonna
Latviya – 2,8 ming tonna
Belarus – 2,4 ming tonna
Germaniya – 868 tonna
Polsha – 684 tonna