Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida respublikamizdan hajmi jami 2,9 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi2021-yilning mos davriga nisbatan 250,5 mln. AQSH dollariga oshgan.
2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 1,2 mlrd.
Turkiya – 482 mln.
Qirgʻiz R. – 458 mln.
Xitoy – 253 mln.
Eron – 75 mln.
Polsha – 73,2 mln.
Qozogʻiston – 55,3 mln.
Tojikiston – 54,5 mln.
Belarus – 39,2 mln.
Italiya – 36,9 mln. AQSH dollari