09/01/2023

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 35 ta xorijiy davlatdan qiymati 23,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,2 ming tonna shampun import qilgan.

Shampun importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp shampun import qilgan asosiy davlatlar:

Rossiya – 3,2 ming tonna

Turkiya – 1,6 ming tonna

Ruminiya – 1,4 ming tonna

Koreya – 527 tonna

Fransiya – 201 tonna

Xitoy – 187 tonna

Hindiston – 170 tonna

Italiya – 114 tonna