06/01/2023

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 9 ta davlatga qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 7,2 ming tonna anjir eksport qilgan.

Anjir eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,7 ming tonnaga oshgan.

 

2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp anjir eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 6,9 ming tonna

Rossiya – 189 tonna

Qirgʻiz R. – 84 tonna

Balarus R. – 4,1 tonna

BAA – 1,3 tonna

2022-yilning 11 oyida xorijga eng koʻp anjir eksport qilgan hududlar:

Xorazm viloyati – 2,7 ming tonna

Surxondaryo viloyati – 2,6 ming tonna

Namangan viloyati – 1,1 ming tonna