Joriy yilning 29-dekabr kuni Guliston tibbiyot kolleji talabalariga Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi 707-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha “Huquqiy bilimlar kuni” targ‘ibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
“Huquqiy bilimlar kuni” targ‘ibot tadbiri doirasida talabalarga “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun mohiyati, qanday talablar asosida ishlab chiqilganligi, “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi qonun bilan, yangi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonunni farqi toʻgʻrisida, yangi Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonlariga, “Rasmiy statistika” tushunchasini kelib chiqish tarixi, “Rasmiy statistika” qaysi mezonlarga javob berishi kerakligi, haqida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek ushbu Qonunning amaliyotga keng joriy etilishi natijasida milliy statistika tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda isloh qilinishi, mamlakatdagi rasmiy statistik maʼlumotlarni tayyorlovchi barcha organlarning faoliyati tartibga solinishi, rasmiy statistika sohasini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ belgilanishi va uning professional mustaqilligi taʼminlanishi, foydalanuvchilarning ishonchli, sifatli va dolzarb rasmiy statistik maʼlumotlarga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishi, rasmiy statistikaning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash borasidagi islohotlarning natijadorligi taʼminlananishi talabalarga tushuntirildi.
Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga javoblar berib o‘tildi.