21/09/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida 5,3 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,9 ming nafarga ko‘paygan.

Mazkur davrda O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p tashrif buyurgan TOP-10 davlat:

  • Qirg‘iz Respublikasi — 2 427 526 nafar
  • Qozog‘iston — 955 829 nafar
  • Tojikiston — 876 650 nafar
  • Rossiya — 257 567 nafar
  • Turkiya — 212 265 nafar
  • Saudiya Arabistoni — 184 155 nafar
  • BAA — 56 910 nafar
  • Xitoy — 52 043 nafar
  • Misr — 39 599 nafar
  • Vetnam — 33 439 nafar