29/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 45,6 ming tonna mandarin import qilgan.

Mandarin importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,4 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 11 oyda mandarin mahsulotini eng koʻp import qilgan davlatlar:

Pokiston – 36,7 ming tonna

Turkiya – 3,6 ming tonna

Xitoy – 3,2 ming tonna 

Eron – 503 tonna

Misr – 442,2 tonna