21/12/2022

Joriy yilning 16- dekabr kuni Viloyat statistika boshqarmasida Davlat Statistika Qo‘mitasi  tomonidan o‘tkazilgan 2021-2022 yil uchun kompleks tekshiruvlar natijasi yuzasidan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda  Davlat Statistika Qo‘mitasi  raisining axborot- kamunikatsiya texnologiyali va  axborot havsizligi masalalari bo‘yicha  o‘rinbosari Z.Ziyayev hamda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo‘limlari va hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashishdi. Yig‘ilishda viloyat statistika tizimida  yil davomida amalga oshirilgan  ishlar, chora-tadbirlar, kompleks tekshiruv natijalari muhokama etilib, sarxisob qilindi.

Rais o‘rinbosari tomonidan boshqarma va hududiy statistika bo‘limi rahbarlaridan  yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar, 2022- yil davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib olishlarini, kelgusida bu kabi kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rishlarini, davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha ijro holati, hisobotlar qamrovi hamda kuzatuvlarni aniq va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.