25/11/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 433 tonna kofe import qilgan.

Kofe importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 152 tonnaga oshgan.

2022-yilning 10 oyida Oʻzbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:

Italiya – 107,5 tonna

Rossiya – 66,2 tonna

Braziliya – 58,9 tonna

Polsha – 45,6 tonna

Germaniya – 30 tonna

Hindiston – 24,8 tonna

Vyetnam – 22,4 tonna

Turkiya – 16,4 tonna