25/11/2022

Joriy yilning 24-noyabr kuni, Davlat statistika qoʻmitasining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi B.Qarshiboyev boshchiligida, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Maxkamov, boshqarmaning turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshligʻi Ch.Xoʻjaqulovlar bilan birgalikda Guliston shahar Yangi hayot, Yangiyer shahar Shukrona, Sardoba tumani Paxtakor, Oqoltin tumani Andijon, mahallalarida uy xoʻjaliklari nazorat kuzatuvini o‘tkazishdi.