Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 55,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 749 dona elektromobil import qilgan.
Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1136 taga oshgan.
Oʻzbekiston joriy yilning 10 oyida eng koʻp elektromobillar import qilingan davlatlar:
Xitoy – 1 528 dona
BAA – 111 dona
Germaniya – 48 dona
Gonkong – 37 dona
Litva – 10 dona
Koreya – 7 dona
Boshqa davlatlar – 8 dona