Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonda qariyb 1,8 ming km masafoda suv tarmogʻi ishga tushirildi.Suv tarmogʻi qurilishida jami qariyb 1,7 trln. soʻmlik investitsiyalar oʻzlashtirilgan.
Suv tarmogʻini ishga tushirishda oʻzlashtirilgan investitsiyalar tarkibi:
Respublika byudjeti - 23,7 %
Aholi mablagʻi - 0,5 %
Xorijiy mablagʻlar - 4,5 %
Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi - 64,3 %
Boshqa manbalar - 7 %