Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston 51 ta xorijiy davlatlarga qiymati 216,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 245,2 ming tonna uzum eksport qilgan.Uzum eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,6 ming tonnaga oshgan.
Oʻtgan 10 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp uzum eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 140 ming tonna
Qozogʻiston – 48,8 ming tonna
Qirgʻiz R. – 16,7 ming tonna
Xitoy – 7,3 ming tonna
Turkiya – 5,9 ming tonna
BAA – 4,8 ming tonna
Belarus – 3,8 ming tonna
Ozarbayjon – 2,6 ming tonna
Iroq – 2,2 ming tonna
Eron – 1,9 ming tonna