Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 340 tonna kofe import qilgan.
Kofe importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8 tonnaga oshgan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
Italiya – 88,4 tonna
Braziliya – 50,4 tonna
Rossiya – 51,6 tonna
Germaniya – 29,6 tonna
Polsha – 29,1 tonna
Turkiya – 13,9 tonna