04/11/2022

Joriy yilning 3-noyabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrda “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 595-son qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

Oʻquv-seminarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Axrorov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali kadrlar maʼmuriyatchiligi boʻlimi bosh inspektori L.Berdikulov, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

Oʻquv-seminarida, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali kadrlar maʼmuriyatchiligi boʻlimi bosh inspektori L.Berdikulov soʻzga chiqib, Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

Ushbu qaror bilan davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga doir bir qator chora-tadbirlar belgilanganligi, xususan, davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari, odob-axloq komissiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlanganligi, nizom bilan kasbiy faoliyatga oid, xizmat faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari tartibga solinganligi toʻgʻrisida maʼlumot berib o‘tdi.

Oʻquv-seminari savol-javoblarga boy tarzda oʻtkazildi. Oʻquv-seminari yakunida xodimlar tomonidan berilgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olindi.