14/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida koʻchib kelganlar soni 36902 kishini tashkil etgan.

Toshkent shahriga koʻchib kelish oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5171 kishiga (13,3 foizga) kamaygan.

2022-yilning 9 oyida Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun koʻchib kelganlar soni:

Toshkent viloyati – 16361 kishi

Qashqadaryo viloyati – 4598 kishi

Samarqand viloyati – 2696 kishi

Surxondaryo viloyati – 2153 kishi

Buxoro viloyati – 2049 kishi

Fargʻona viloyati – 1640 kishi

Andijon viloyati – 1282 kishi

Xorazm viloyati – 1281 kishi

Navoiy viloyati – 1146 kishi

Namangan viloyati – 1122 kishi

Jizzax viloyati – 970 kishi

Sirdaryo viloyati – 828 kishi

Qoraqalpogʻiston R. – 776 kishi