12/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-oktyabr holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 768 tani tashkil etgan.

Faoliyat kúrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 531 taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

Rossiya – 2 764 ta

Turkiya – 2 094 ta

Xitoy – 2 062 ta

Qozogʻiston – 1 184 ta

Koreya – 908 ta

AQSH – 335 ta

Qirgʻiz R. – 294 ta

Tojikiston – 279 ta

Ozarbayjon – 248 ta

Germaniya – 212 ta

Turkmaniston – 168 ta

boshqalar – 4 220 ta