11/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 5,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 110 810 dona changyutgichlar import qilingan.

Changyutgich importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 21,8 mingtaga oshgan.

Oʻzbekiston 25 ta davlatdan changyutgich import qilgan.

Oʻzbekiston 8 oy mobaynida eng koʻp changyutgichlarni import qilgan davlatlar:

Xitoy – 46,2 mingta

Vyetnam – 39,5 mingta

Turkiya – 10,6 mingta

Malayziya – 3,9 mingta

Polsha – 3 mingta

Fransiya – 2,3 mingta