2022– yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 33,9 ming t. go‘sht ishlab chiqarildi.
Go‘sht ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 94,6 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.