31/08/2022

Joriy yilning 30-avgust kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining Kasaba uyushmasi tomonidan, boshqarma xodimlari oʻrtasida “Bir jamoada ezgu maqsadlar sari” shiori ostida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida, sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqa qizgʻin bahslarga boy tarzda oʻtkazildi. Musobaqa yakunida gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.