31/08/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022 yilning yanvar-iyul oylarida 18 ta xorijiy davlatlarga qiymati 21,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 15,3 mln. juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.

Oyoq kiyimlar eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 mln. juftga kamaygan.

2022 yilning 7 oyida Oʻzbekiston eng koʻp oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
Qirgʻiz R. – 7,6 mln. juft
Tojikiston – 3,5 mln. juft
Qozogʻiston – 3,5 mln. juft
Rossiya – 334 ming juft
Afgʻoniston – 312 ming juft

2022 yilning 7 oyida xorijiy davlatlarga eng koʻp oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 9,2 mln.
Samarqand viloyati – 4,8 mln.
Fargʻona viloyati – 4,7 mln.
Toshkent viloyati – 1 mln. AQSH dollari