30/08/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga qiymati 72,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 227,8 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan.

Bugʻdoy uni importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,6 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 7 oyida Oʻzbekiston bugʻdoy unini asosan qoʻyidagi ikkita davlatlar eng koʻp import qilgan:

Qozogʻiston – 218,3 ming tonna

Rossiya – 9,4 ming tonna