29/08/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida elektr uskunalari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 6,4 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Elektr uskunalari ishlab chiqarish oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 % ga oshgan.

Respublikada 2022-yilning yanvar-iyul oylarida jami elektr uskunalar ishlab chiqarish sanoatidagi yuqori ulush Toshkent shahri 4 trln. soʻm (62,3 %) hissasiga toʻgʻri keldi.