26/08/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 19,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 82 427 dona televizor import qilingan.

Televizor importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 13 425 donaga oshgan.

Oʻzbekiston 15 ta davlatdan televizor import qilgan.

Oʻzbekiston 7 oy mobaynida eng koʻp televizor import qilgan davlatlar:

Xitoy – 52 305 dona

Rossiya – 26 191 dona

Indoneziya – 3 069 dona

Polsha – 358 dona