26/08/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 26,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 98,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 44,5 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 7 oyida Oʻzbekiston eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 47 ming tonna

Rossiya – 23,4 ming tonna

Qirgʻiz R. – 14,4 ming tonna

Tojikiston – 9,3 ming tonna

Belarus – 1,9 ming tonna

2022-yilning 7 oyida xorijga eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilgan hududlar:

Toshkent viloyati – 23,4 ming tonna

Fargʻona viloyati – 12,8 ming tonna

Andijon viloyati – 11,4 ming tonna