25/08/2022

Joriy yilning 25-iyul kuni Viloyat statistika boshqarmasida boshqarma xodimlariga, huquqiy bilimlar kuni doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev, boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbatini Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Yaxyayev kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va boshqarmaning statistika faoliyatini tashkil etish va yigʻma axborot-tahliliy ishlari boʻlimi boshligʻi S.Axmedovga berdi.

S.Axmedov, poraxoʻrlik — hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obroʻsiga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan xavfli jinoiy hodisalardan biri ekanligi, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazishi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtirishi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib kelishi haqida so'zladi. Umuman olganda, korrupsiya hodisasiga soʻzning keng maʼnosida yondashadigan boʻlsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki maʼnaviy buzilish holati ekanligi, shunday ekan, oʻylaymizki, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz masʼuldirlar deya so'zini yakunladi.

Davra suhbati davomida tizim xodimlari tomonidan berilgan savollarga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev va S.Axmedov javob berishdi.