Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonda 162 518 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 45 146 taga oshgan.
2022 yilning yanvar-iyul oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
Avtomobil benzini – 662,6 ming tonna
Koʻmir – 2,9 mln. tonna
Neft – 452,3 ming tonna
Gaz kondensati – 757,9 ming tonna
Yengil avtomobillar – 162 518 dona
Avtobus – 561 dona
Yuk avtomobillari – 2 510 dona
Avtomobil dvigatellari – 125,7 ming dona