Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga qiymati 52,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,3 mln. tonna sement import qilingan.
Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 421 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 7 oyida oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Tojikiston – 533 ming tonna
Qirgʻiz R. – 385 ming tonna
Qozogʻiston – 353 ming tonna
Turkmaniston – 11,5 ming tonna
Eron – 6,7 ming tonna
Xitoy – 1,4 ming tonna
Rossiya – 782 tonna