Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 460,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18 821 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6750 taga oshgan.