Mamlakatimizdagi eng yirik korxonalardan biri Sirdaryo IESda tashkil etilgan seminarda Roʻyxatga olish tadbiri doirasida statistika boshqarmasining masʼuli Sunnatillo Axmedov tomonidan aholini roʻyxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, maʼlumotlarni elektron tizimga kiritish, shakllarni toʻgʻri toʻldirish hamda boshqa amaliy masalalar boʻyicha tushuntirish va metodik koʻrsatmalar berilmoqda.




Guliston tumani statistika boʻlimida davlat tashkilotlari vakillari va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida seminar oʻtkazildi. Tadbirda statistika boʻlimi faoliyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Yakunida seminar qatnashchilariga korrupsiyaga oid va Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuniga bagʻishlangan bukletlar tarqatildi.
Guliston tumani



Oqoltin tumani statistika boʻlimi boshligʻi Botir Pardayev tuman fermerlar kengashi xodimlariga statistika hisobotlarini topshirishda yuzaga kelgan xatolar va boshqa amaliy masalalar boʻyicha tegishli tushuntirishlar va maslahatlar berib oʻtmoqda. Yigʻilish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuniga oid va boshqa bukletlar tarqatilmoqda.
Oqoltin tumani





