22/08/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 40,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 314 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 901 taga yoki 3,2 barobarga oshgan.

2022 yilning 7 oyida Oʻzbekiston asosan qoʻyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

Xitoy – 1155 ta
BAA – 81 ta
Germaniya – 29 ta
Gonkong – 29 ta
Koreya – 7 ta
Litva – 7 ta
Estoniya – 2 ta