16/08/2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali tomonidan viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlariga seminar tashkil qilindi.


Seminar ishtirokchilariga "Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mohiyati va ahamiyati, davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni ishga qabul qilish, ularning faoliyati samaradorligini baholash, xizmat pogʻonalarida oʻstirish, ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek davlat fuqarolik xizmati tizimi atroflicha tushuntirib oʻtildi.

Seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javob berildi.