12/08/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda umumiy moliyaviy xizmatlar tarkibida sugʻurta xizmatlari 7,2 % ni tashkil etdi.

Sugʻurta xizmatlari tarkibida hayotni sugʻurtalash xizmatlari 29,6 % ni tashkil etgan.

Baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash, tibbiy sugʻurta, transport vositalari sugʻurtasi, mol-mulkni sugʻurtalash va boshqa sugʻurta turlari 58,6 % ni tashkil etdi.

2022 yilning 6 oyida sugʻurta xizmatlarining umumiy hajmida qayta sugʻurtalash boʻyicha xizmatlar 11,8 % ga ega.