Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga qiymati 35,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 60,6 mln. litr avtomobil benzini import qilingan.
6 oyda Oʻzbekiston eng koʻp Rossiyadan 48,8 mln. litr, Turkmanistondan 11,7 mln. litr avtomobil benzinini import qilgan.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida 562,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 % ga oshgan.
2022 yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:
yanvarda – 97,8 ming tonna
fevralda – 98,2 ming tonna
martda – 92,6 ming tonna
aprelda – 93,7 ming tonna
mayda – 92,7 ming tonna
iyunda – 87,7 ming tonna