12/08/2022

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida aholini roʻyxatga olish tadbirining oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyatining tuman va shahar aholini ro'yxatga olish bo'limi xodimlari va registratorlari tomonidan, tuman va shahar mahallalarining xaritalari o'rganildi. Shu bilan birgalikda tuman va shahar registratorlariga amaliyot jarayonida xarita va jadvallarda ishlash bo'yicha tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.