Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida 108 918 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, shundan 1362 ta nikoh xorijiy davlatlarda doimiy yashovchi shaxslar bilan qayd etilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 326 taga kamaygan.