11/08/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistondan qiymati 1,9 mlrd. AQSH dollariga teng toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

Bu umumiy eksport hajmining 17,0 % ni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 19,2 % ga oʻsgan.

Oʻzbekistondan 7 oy davomida dunyoning 67 ta davlatiga toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

Toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi:
Paxtadan yigirilgan ip – 982,2 mln.
Tayyor trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari – 481,9 mln.
Naqshli mato – 179,3 mln.
Paxtadan gazlamalar – 87,7 mln.
Ipak va ipak mahsulotlari – 37,5 mln.
Paxta mahsulotlari – 28,9 mln.
Gilamlar – 18,4 mln.
Boshqa toʻqimachilik mahsulotlari – 84,1 mln. AQSH dollari