Ayni paytda Toshkent viloyatining Parkent tumanida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan tashkil etilyapti.
Mazkur sinov jarayonlarida maxsus tayyorlangan registratorlar uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligini joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazishmoqda.
Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig`i B.Batirov boshchiligida, boshqarmaning roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish bo'limi boshlig'i R.Abdusamiyev hamda qishloq xo'jaligi bo'limi boshlig'i Sh.Usmonqulovlar bilan birgalikda Toshkent viloyatining Parkent tumanida sinov tariqasida o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar va ro‘yxatga olish jarayonlarida registratorlar va aholiga qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning maqsad va vazifalari, haqida batafsil tushuncha va tavsiyalar berdilar.
Sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlari davom etmoqda.