Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022 yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 11,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 57 ming dona televizor eksport qilgan.
Televizor eksporti 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 20 mingtaga oshgan.
Oʻzbekiston 6 oyda eng koʻp televizor eksport qilingan davlatlar:
Ozarbayjon – 24 472 ta
Rossiya – 17 489 ta
Qozogʻiston – 8014 ta
Turkmaniston – 2176 ta
Tojikiston – 1783 ta
Qirgʻiz R. – 1246 ta