09/08/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022 yilning yanvar-iyun oylarida 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 21,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 16,1 ming tonna choy import qilgan.

Choy importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 788 tonnaga oshgan.

2022 yilning 6 oyida Oʻzbekiston choy mahsulotini eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy – 13,2 ming tonna

Keniya – 940 tonna

Eron – 432 tonna

Hindiston – 337 tonna

Indoneziya – 292 tonna

Shri-Lanka – 215 tonna

Rossiya – 149 tonna

Vyetnam – 126 tonna

Qozogʻiston – 124 tonna

BAA – 111 tonna