09/08/2022

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi kasaba uyushmasi tomonidan farzandlari birinchi sinfga chiqadigan xodimlarga o'quv-qurollari to'plami berildi. Boshqarma boshlig'i Bahtiyor Batirov sovg'a topshirish jarayonida kelajagimiz davomchisi bo‘lgan yosh avlodga to'g'ri ta'lim-tarbiya berish, ularning bilim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish, yurt farovonligiga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.