08/08/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 16,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan boʻlib, eksport hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 45 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 6 oyida Oʻzbekiston eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 39,2 ming tonna

Rossiya – 15,1 ming tonna

Qirgʻiz R. – 11,1 ming tonna

Belarus – 1,1 ming tonna

Tojikiston – 624 tonna

Latviya – 448 tonna

Mongoliya – 157 tonna

Ukraina – 43 tonna

Polsha – 19,4 tonna