Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021/2022 o‘quv yili boshida jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 154 tani tashkil etgan. Mazkur oliy ta’lim tashkilotlarida jami 808,4 ming nafar talaba tahsil olmoqda.
2021/2022 o‘quv yili boshida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 17 tani tashkil etib, ularda jami 38,0 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Bu jami talabalarning 4,7 % ni tashkil etadi.