Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida aholini roʻyxatga olish tadbirining oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Sardoba, Boyovut, Oqoltin tumanlari aholini ro'yxatga olish bo'limi xodimlari tomonidan, tuman registratorlariga xarita va jadvallarda ishlash bo'yicha tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.