Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini roʻyxatga olish tadbirining oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida, tuman aholini ro'yxatga olish bo'limi xodimlari tomonidan, tuman Registratorlariga o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. O'quv seminari davomida tuman Registratorlariga xarita va jadvallarda ishlash bo’yicha ko’rsatma va tushunchalar berib o'tildi.