29/07/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 16,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Joriy yilda qovun va tarvuz eksporti 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 45,1 ming tonna (3,0 b.)ga koʻpaygan.

Oʻzbekiston joriy yilning yanvar-iyun oylarida mobaynida eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar:

Qozogʻiston – 39,2 ming tonna

Rossiya – 15,1 ming tonna

Qirgʻiz. R – 11,1 ming tonna

Belarus – 1,1 ming tonna

Boshqa davlatlar– 1,3 ming tonna