Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylari davomida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan jami 4 398,5 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, 2021- yilning shu davriga nisbatan yoʻlovchi tashish hajmi 12,0 % ga oshganligi qayd etildi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida 35,9 million tonna yuk tashilgan. 2021- yilning shu davriga nisbatan yuk tashish hajmi 1,9 % ga oshgan.
Maʼlumot uchun: 2022- yilning yanvar-iyun oylari davomida Qozogʻistonda 9 033,9 ming yoʻlovchi va 206,2 mln yuk tashilgan.