Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 395,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 16,3 ming dona avtomashinalar import qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7,0 ming donaga koʻpaygan.
Oʻzbekiston 6 oyda eng koʻp avtomashina import qilgan davlatlar:
Xitoy – 7,3 ming dona
Koreya Respublikasi – 4,5 ming dona
Qozogʻiston – 2,9 ming dona
Rossiya – 1,2 ming dona
Boshqa davlatlar– 445 dona